1-yanvardan 30 ta oliygohga moliyaviy mustaqillik beriladi
Oliy ta’lim muassasalarining mustaqil faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishing.
- Akademik va tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati beriladi.
- O‘quv reja va adabiyotlari, fan dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini, yo‘nalishidan kelib chiqib, ta’lim shakllarini (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) belgilashni oliygoh boshqaruv kengashining o‘zi hal qiladi.
- Nufuzli xorijiy nashrlarda muntazam maqolalar chiqarib kelayotgan, shuningdek shogirdlari ilmiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli himoya qilgan ilmiy rahbarlarga 5 tagacha doktorant va 3 tagacha mustaqil izlanuvchi olish huquqi beriladi (hozirda 3 tagacha doktorant va mustaqil izlanuvchi olishi mumkin).
- Har yili mavjud 1,5 mingta kafedralarning 1 nafardan yosh olimlarini xorijiy nufuzli oliygohlarga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
- Har bir kafedra qoshida ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etiladi, har bir rektor o‘quv, laboratoriya va boshqa moddiy-texnika vositalariga kamida 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratadi.
- Oliygohlarning kamida 1 nafar prorektori chet elda o‘qigan malakali mutaxassislardan tayinlanadi.
- 30 ta oliygoh tanlab olinib, kelgusi yil 1-yanvardan moliyaviy mustaqillik beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter