1 yanvarda tug‘ilgan chaqaloqlar soni aytildi
2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi yilning birinchi kunida tug‘ilgan go‘daklarning 732 nafari o‘g‘il bola, 716 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p tug‘ilish hozircha Samarqand viloyatida (193 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarda:
- Qashqadaryo viloyati (146 nafar);
- Farg‘ona viloyati (137 nafar);
- Andijon viloyati (131 nafar);
- Namangan viloyati (123 nafar).
Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (39 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 8 nafari egizaklardir. Aytilishicha, shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2018 yilning 1 yanvar kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar hamda 2021 yilning ayni shu sanasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter