1-noyabrdan talabalarning shifoxonalarda ishlashiga ruxsat beriladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi.
Bu haqda «Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.
Hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, u yerga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi.
Tibbiy yo‘nalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini biriktiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter