Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-martdan universitetlarda to‘lov-kontarkt narxi oshadi

1-martdan universitetlarda to‘lov-kontarkt narxi oshadi

Foto:«Xabar.uz»

O‘tgan yili ilk marotaba OTMlardagi to‘lov-kontraktlar miqdori eng kam ish haqiga bog‘lab qo‘yilgandi. Unga ko‘ra, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi.  Shu sababli noyabrda oshgan ish haqlari mart oyidan boshlab o‘quv yilining 2-yarmi uchun to‘lanadigan kontraktga ta’sir qiladi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida  to‘lov-kontrakt miqdori haqida ma’lumot berdi.

Xullas, 2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo‘ladi:

Bakalavriat (kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim uchun)

1-toifa: 45 barobar – 9 mln 122 ming 850 so‘m
2-toifa: 46 barobar – 9 mln 325 ming 580 so‘m
3-toifa: 50 barobar - 10 mln 136 ming 500 so‘m
4-toifa: 55 barobar - 11 mln 150 ming 150 so‘m
5-toifa: 60 barobar - 12 mln 163 ming 800 so‘m

Magistratura

1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so‘m
2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so‘m
3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m
4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so‘m
5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so‘m

Maxsus sirtqi

1-toifa: 15 barobar – 3 mln 40 ming 950 so‘m
2-toifa: 17 barobar – 3 mln 446 ming 410 so‘m
3-toifa: 20 barobar - 4 mln 54 ming 600 so‘m
4-toifa: 22 barobar - 4 mln 460 ming 60 so‘m
5-toifa: 27 barobar - 5 mln 473 ming 710 so‘m

Ikkinchi mutaxassislik (kunduzgi, sirtqi)

1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so‘m
2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so‘m
3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m
4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so‘m
5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so‘m

Ikkinchi mutaxassislik (sirtqi (2017-2018 o‘quv yilida qabul qilinganlar uchun)

1-toifa: 25 barobar – 5 mln 68 ming 250 so‘m
2-toifa: 26 barobar – 5 mln 270 ming 980 so‘m
3-toifa: 28 barobar - 5 mln 676 ming 440 so‘m
4-toifa: 31 barobar - 6 mln 284 ming 630 so‘m
5-toifa: 33 barobar - 6 mln 690 ming 90 so‘m

Kontraktning bir yilligini oldindan to‘laganlar ham 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring