Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

0,1 ball yetmagan o‘quvchi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilindi

0,1 ball yetmagan o‘quvchi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilindi

Bugun O‘zMU Madaniyat saroyida Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda ta’lim tizimiga doir qator vazirlik va tashkilotlar mutasaddi vakillarining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi va mas’ullari ishtirok etgan ushbu qabulda fuqarolardan ixtisoslashtirilgan maktablar masalasida 11 ta murojaat bo‘ldi.

Ushbu murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida hal qilinib, 3 nafar murojaatchiga tegishli tushuntirish berildi.

— Men Prezident maktabi imtihonlarining birinchi bosqichidan o‘tdim. Ikkinchi bosqichdan 0,1 ball bilan chiziqdan pastda turganimni ko‘rib, xafa bo‘ldim va bugun bu yerga keldim. Agentlik direktor o‘rinbosari men bilan savol-javob qildi va Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qishni davom ettirishim mumkinligini aytishdi. Men va onam bundan juda xursandmiz, – deydi Gulnoza Ro‘zimbayeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring