Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izlar sensatsiya ko‘rsatishiga bir bahya qoldi

Qirg‘izlar sensatsiya ko‘rsatishiga bir bahya qoldi

Foto: «the-afc.com»

Bir necha daqiqa avval Osiyo Kubogining «C» guruhida Xitoy va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda yon qo‘shnilarimiz musobaqada qayd etilayotgan shov-shuvli natijalarni davom ettirishiga bir bahya qoldi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Qirg‘iziston termasi futbolchisi kuchli zarba bilan uzoq masofadan xitoyliklar darvozasiga to‘p kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda qirg‘izlar darvozaboni qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Bahs oxirlarida esa xitoylik hujumchi jamoasining g‘alaba golini kiritdi.

C guruhi, 1-tur

Xitoy – Qirg‘iziston 2:1

Gollar: Matyash (50 avtogol), Yu Dabao (76) – Isroilov (42)

Ushbu guruhning ikkinchi bahsida Janubiy Koreya va Filippin o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring