Yuqori qon bosimining xavfli alomatlari
Amerikalik tibbiyot xodimlari yuqori arterial qon bosimining oltita xavfli alomatini ma’lum qilishdi. Bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Bu haqda «Express» nashri xabar bermoqda.
Ko‘pincha yuqori qon bosimi bilinmasligi mumkin. Biroq organizmga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.
Mutaxassislarning fikricha, tez yordam chaqirish uchun o‘ta muhim ko‘rsatkich — 180/120 dan oshgan bosimdir. Yuqori qon bosimi quyidagi alomatlarni chaqarishi mumkin: ko‘krak qafasidagi og‘riq, kuchli bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, quvvatsizlik, ko‘rishning yomonlashishi va nafas siqishi.
Agar odam muntazam ravishda o‘zida yuqori qon bosimini qayd etsa, mutaxassislar jismoniy mashqlarni bajarish, taomnomani o‘zgartirish, tuz iste’molini kamaytirish, ko‘proq meva-sabzavotlar, yog‘i kam sut mahsulotlari, loviya, yong‘oq, don va to‘yinmagan yog‘larni iste’mol qilishni maslahat berishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter