Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portal orqali STIR olish imkoni yaratildi

Yagona portal orqali STIR olish imkoni yaratildi

Foto: «Mitc.uz»

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yish va hisob ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish» jarayonini «my2.gov.uz» portali yordamida amalga oshirish imkonini yaratdi.

Xizmat 3 ish kuni muddatida ko‘rsatiladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun pasport nusxasini (yashash joyi ma’lumotlari bilan) portalga joylashtirish talab etiladi.

Bu qanday ishlaydi?

Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish unga soliq to‘lovchi identifikatsion raqam berish (STIR) yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish uchun:

1. Tegishli maydondagi band tanlanadi (hisobga qo‘yish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish);

2. Elektron ariza shakli to‘ldiriladi;

3. Skanerlangan pasport nusxasi yuklanadi;

4. Doimiy yashash manzili bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasiga elektron ariza yuboriladi;

3 ish kuni davomida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi bo‘yicha guvohnomani arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan olinadi.

Manba: blog.index.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring