Xolesterinni kamaytiradigan arzon mahsulot ma’lum qilindi
Xolesterin darajasini me’yorlashtirish uchun kunjut urug‘ini iste’mol qilish mumkin, ammo uni har kuni yeb bo‘lmaydi, dedi nutritsiolog Anna Drobisheva.
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, kunjut urug‘i xolesterin darajasini kamaytirish, shuningdek, tanadagi yog‘ almashinuvini me’yorlashtirish uchun foydalidir. Uning tarkibida temir, rux, mis, magniy, fosfor va kletchatka mavjud. Mahsulot tarkibidagi kalsiy sutdan ko‘ra yetti marta ko‘proq.
«Kunjut urug‘ini har kuni iste’mol qilish mumkin emas, chunki tarkibida qon ivishini oshiradigan moddalar mavjud», – deydi mutaxassis.
U haftada bir necha marta taomnomaga bir osh qoshiqdan qo‘shishni maslahat beradi. Bu tanani antioksidantlar va fitoestrogenlar bilan boyitadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter