Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umrni uzaytiruvchi 7 qadam

Umrni uzaytiruvchi 7 qadam

Foto: «Recipesforhealth.ru»

Hayotdagi qiyinchiliklarga qaramasdan barchamiz uzoq umr ko‘rishni istaymiz. Va bu taqdirimizda yozilgan bo‘lsa, shubhasiz, umrimiz uzun bo‘ladi. Ammo buning uchun jismonan harakat qilishimiz ham zarur. Chunki ikkilamchi kasalliklar yoki noto‘g‘ri turmush tarzi oqibatida hayotni tark etishimiz yoki berilgan uzoq umrni og‘riqlar bilan o‘tkazishimiz mumkin. Quyida farovon hayotimiz sari 7 qadamni sanab o‘tamiz.

1-qadam. Stressni boshqaring

Surunkali stress va asabiy taranglik zamonaviy odam uchun eng jiddiy tahdidlardan biridir. Doimiy shovqin, katta shaharlarning ifloslanishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy va jamoat tashvishlari — bularning barchasi hayotni ham, sog‘lig‘ingizni ham yomonlashtiradi.

2-qadam. Do‘stlar orttiring va muloqot qiling

Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, oila va do‘stlarga ega insonlar yolg‘izlarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rar ekanlar.

3-qadam. Faol bo‘ling

Inson harakatlanish uchun yaratiladi. Sport bilan shug‘ullaning.

4-qadam. Tekshiruvdan o‘ting

Muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘ting. Sog‘lig‘ingizdagi har qanday o‘zgarishga bee’tibor bo‘lmang.

5-qadam. Ochlik

Vaqti-vaqti bilan ro‘za tuting. Vaqtincha ovqatlanishdan bosh tortish umrni uzaytiradi va yallig‘lanish belgilarini kamaytiradi (qarishning aniq belgisi). Ovqat hazm qilish tizimingizga dam berish qonda glyukoza miqdorini barqarorlashtirish, insulinga hujayralar sezgirligini yaxshilash va umumiy kaloriya iste’molini kamaytirishga yordam beradi.

6-qadam. Miya mashqini bajaring

Chet tillarni o‘rganish, sayohat qilish va yangi ma’lumotlarni qidirish, kasbni takomillashtirish, kitoblarni o‘qish va mantiqiy boshqotirmalar — bularning barchasi miyani yaxshi holatda saqlashga va yuz yoshda ham xotira bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligiga yordam beradi.

7-qadam. Oldingizga katta maqsadlar qo‘ying va ular tomon intiling.

Har qanday muammoning yechimi bu uning oldini olishdir. Kasalliklar rivojlanmasligiga harakat qiling.

Muhabbat Mirzaliyeva

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring