Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umrni uzaytirish bo‘yicha Amir Xondan 6 maslahat

Umrni uzaytirish bo‘yicha Amir Xondan 6 maslahat

Foto: «Depositphotos / bit245»

Regenerativ tibbiyot sohasidagi mutaxassis va shifokor Amir Xon umrni uzaytiruvchi olti qoida haqida ma’lumot berdi, deb yozadi «Express».

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, iste’mol qilayotgan go‘sht va baliq sifatiga e’tibor qaratish lozim. Mutaxassis fermer xo‘jaliklari mahsulotlarini tavsiya etadi. Chunki ularga konservantlar va sog‘liq uchun zararli boshqa elementlar qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan, glikemik indeksi yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni kamaytirish, ularning o‘rniga ayrim don, meva-sabzavotlar tarkibida mavjud murakkab uglevodlarni tanovul qilish zarur. Xonning ta’kidlashicha, iste’mol qilayotgan umumiy kaloriya miqdorini kamaytirish hisobiga ham umrni uzaytirish mumkin.

Bundan tashqari, u diyetaga kalsiy va magniy qo‘shishni maslahat beradi.

«Kalsiy saraton, diabet va yurak kasalliklaridan himoya qiladi, shuningdek, qon bosimini pasaytiradi. Magniy kalsiyning so‘rilishi uchun zarur, shu bois, ikkalasiga ham boy mahsulotlar zarur», — deb izohladi shifokor.

Ovqat tayyorlayotganda ziravorlarni tanlashda hushyor bo‘lish kerak, deya ogohlantirdi Xon. Umuman olganda, ziravorlar salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Faqat mutaxassis tuzni haddan tashqari ishlatmaslikka chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring