Tuya suti haqida Abu Ali ibn Sino nimalar degan?
Tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida tuya sutining shifobaxshligi hususida yozib qoldirgan. Tuya suti juda mazali va to‘yimli mahsulotdir. Sharq mamlakatlarida bu ne’mat azaldan sevib iste’mol qilinadi.
Tuya suti tarkibida V1, V2vitaminlari, temir, fosfor, oltingugurt, kalsiy moddalari mo‘l. Ayniqsa, S va D vitaminlari tuya sutida sigir sutiga nisbatan uch barobar ko‘p. Sut shakari – kazein va laktoza moddalari esa aksincha tuya sutida kam miqdorda bo‘ladi.
Agar bemorning immuniteti (organizmning kasalliklarga qarshi chidamliligi) past bo‘lsa har kuni 0,5 litrdan yangi sog‘ilgan tuya sutini och qoringa ichib yursin. Keyin 4 soat o‘tgach ovqatlansa bir oy yoki 40 kun o‘tgach o‘zida ijobiy o‘zgarishlarni his etadi.
Tuya sutini iste’mol qilgan davrda bemor achchiq, sho‘r, dudlangan va turli konserva muhsulotlari, shuningdek, spirtli ichimliklarni ichish, sigaret chekishdan tiyilishi kerak. Chunki, parhez tutish tuya sutining shifobaxsh ta’sirini oshiradi.
Dastlab bu sutni iste’mol qilganda bemorning ichini surishi mumkin. Yana qusish ehtimoli ham bor. Bu holatda ham bemor sut ichishni to‘xtatmasligi kerak. Organizm bu vaqtda tanadagi ortiqcha xilt (shlak)lar, toksin (zahar)lardan tozalanayotgan bo‘ladi. Shunda ham ich ketishi to‘xtamasa tuya sutidan tayyorlangan qatiq ichishi lozim.
Tuya suti tabiiy, toza asal bilan ichilsa, gijjalarni yo‘qotib, me’da-ichak tizimidagi yaralarni tuzatadi. Yangi sog‘ilgan tuya suti gastrit (me’da shilliq qavati yallig‘lanishi)ga davo hisoblanadi.
Shuningdek, sil kasalligi va pnevmoniya (zotiljam)da ham tabiblar tuya sutini ichishni tavsiya etishadi. Shakar bilan aralashtirib ichilgan tuya suti teri rangini tiniq va chiroyli qiladi, ajinlarni tekislaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter