Tonometrsiz qon bosimini qanday aniqlash mumkin?
Yoningizda tonometr bo‘lmasa ham, arterial qon bosimini tekshirib ko‘rish mumkin. Bu haqda rossiyalik terapevt Anastasiya Ataman ma’lum qildi, deb yozadi «Praym».
Eng oson yo‘li — soniyani ko‘rsatuvchi soat yoki smartfon ilovasi yordamida tomir urish tezligiga qarab qon bosimini aniqlash. Biroq bunda olingan natijalar faqat taxminiy bo‘ladi. Stressli vaziyatlarda yoki jismoniy yuklamadan so‘ng darrov qon bosimini o‘lchamaslik kerak. Chunki bunday holatda yurak urishi tezlashadi, deydi mutaxassis.
Terapevtning ta’kidlashicha, quyi qon bosimida kuchli nimjonlik, charchoq, uyquchanlik, chakkada og‘riq, ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi kuzatiladi. Yuqori qon bosimida ensa sohasida og‘riq, bosh suyagida bosim va tomir urishi seziladi, birdan ko‘rish qobiliyati buzilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter