Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor soqolning koronavirusdan saqlashda niqobdan qolishmasligini isbotlab berdi

Shifokor soqolning koronavirusdan saqlashda niqobdan qolishmasligini isbotlab berdi

Foto: «Avon-061.ru»

Soqol viruslardan himoya qilish borasida niqobdan qolishmaydi. «MIR 24» telekanali efirida shifokor-nevrolog Viktor Chichaykin ana shunday nuqtai nazarni ilgari surdi. U Moskva viloyati adliya boshqarmasining advokatlar, notariuslar va odamlar bilan muloqotda bo‘ladigan barcha kishilarga soqol-mo‘ylovini qirish bo‘yicha tavsiyalariga o‘z munosabatini bildirdi. Chichaykinning fikricha, huquqshunoslar bunday maslahat berishdan oldin shifokorlar bilan maslahatlashishi kerak edi.

«Erkakning soqoli qancha qalin bo‘lsa, u shuncha yaxshi ovchi hisoblangan. Ovchi o‘rmonda yuradi, shamol esadi, shamollab qolmaslik uchun, shilliq qavatlarni himoyalash uchun, shamol qaysi tomondan esayotganini aniqlash uchun, qanday ov qilishni bilish uchun soqol zarur. Erkaklar uchun soqol muhim rol o‘ynagan. Keling, endi soqolni himoya mexanizmi sifatida ko‘rib chiqsak. Tug‘ilganimizda boshimizda liqildoqni himoya qilish uchun soch bo‘ladi. Barcha shilliq qavatlarda ham tuk bor — u bakteriyalardan himoyalaydi. Chunki elektrmagnit maydoni hosil bo‘lib, bakteriyalarning organizmga tushishiga to‘sqinlik qiladi», — dedi u.

Nevrologning ta’kidlashicha, soqol xavfli omilga aylanmasligi uchun to‘g‘ri parvarishlash kerak. Koronavirus infeksiyasining yuqish yo‘llarini hisobga olgan holda gigiyenaga amal qilish lozim.

«Infeksiya havo-tomchi yo‘lidan tashqari aloqa qilish orqali ham yuqadi. Agar qo‘llarimizni yuvsak, dezinfeksiyalasak, sochimizni tartibga keltirsak, bunday muammolarga duch kelmaymiz. Bu — bakteriyalarning bizning muhitimizga kirib kelishidan himoya qiluvchi yaxshi mexanizm», — dedi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring