Shifokor krossovka xavfidan ogohlantirdi
Noto‘g‘ri tanlangan sport poyabzali jismoniy mashg‘ulot paytida oyoq og‘rig‘i, jarohat va turli noxushliklarga sabab bo‘ladi, deydi shifokor-ortoped Kristina Rou-Bauer. Bu haqda «MedicalXpress» xabar bermoqda.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, noqulay krossovka tufayli tomir tortishishi, oyoq tagi fassiiti, stressli sinishlar kuzatilishi va hatto oyoq barmog‘idagi tirnoqlardan judo bo‘lish mumkin.
Rou-Bauer yugurish uchun mo‘ljallangan poyabzal tanlashdan oldin ortopedga murojaat etishni maslahat beradi. Mashg‘ulot paytidagi og‘riqli hislar haqida ham shifokorni ogohlantirish muhim, deb qo‘shib qo‘ydi u.
Krossovka tanlashda oyoq kafti egilishi, joy relefi, yugurish usuli va mashg‘ulot vaqtida og‘irlikning taqsimlanishini inobatga olish zarur, deya ta’kidlaydi tibbiyot xodimi. Mana, masalan, poyabzal tagligi va amortizatsiyasi u bilan qayerda va qanday yugurishingizga bog‘liq: tuproq, asfalt yoki trenajyor.
Poyabzalni kunning oxirida, oyoqlar sal shishganda sotib oling.
Rou-Bauer poyabzalni kunning oxirida, oyoqlar sal shishganda sotib olishga urg‘u bermoqda: bu keyinchalik oyoqni siqishining oldini oladi. Kiyib ko‘rayotganda, yaxshisi, sport paypog‘ini kiyib olgan ma’qul, deydi yana u.
Ortoped fikriga ko‘ra, krossovkada keng paypoqda yugurish qulayroq: shunda krossovka mashg‘ulot paytida barmoqlarni zo‘riqtirmaydi. Shifokorlar, shuningdek, zaxira krossovkalarini xarid qilishni maslahat berishadi.
«Biroq bir umrlik qilib sotib olmang, chunki bugun sizga mos keladigan poyabzal besh yildan keyin to‘g‘ri kelmay qolishi mumkin», — deydi Rou-Bauer.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter