Saraton xavfini oshiruvchi mahsulot
Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov «Rossiya 1» telekanali efirida qizil go‘shtning odam organizmiga zarari haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qizil go‘sht bilan tayyorlangan kabob va qovurilgan taomlarni iste’mol qilish sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
«Ichak saratoni an’anaviy ravishda go‘shtga o‘tadi. Ma’lumki, hozirgi kunda ateroskleroz rivojlanishida go‘sht bunchalik sababchi bo‘lmasligi mumkin. Ammo ichak saratoni rivojlanishida xavfli omil bo‘lib qolmoqda», — dedi Myasnikov.
Shifokorning aytishicha, qizil go‘shtni cheklangan miqdorda, haftasiga ikki-uch martagacha iste’mol qilish mumkin.
Myasnikov vegetariancha kolbasa va sosiskalarga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning fikricha, bu yegulikning mazasi «jirkanch», ustiga-ustak, foydasi yo‘qligiga ham shubha yo‘q.
Shifokor agar inson o‘zini vegetarian hisoblasa, u tashqi ko‘rinishi go‘shtga o‘xshash mahsulotlarni iste’mol qilmaydi degan xulosaga keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter