Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim. Maslahat va tavsiyalar

Ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim. Maslahat va tavsiyalar

Ramazon oyida ro‘za tutishlik nafaqat ruhiy poklanish balki, inson salomatligi uchun xam katta ahamiyatga ega. Yil davomida organizm muntazam ovqat qabul qilib charchagan va shu 1 oy davomida «dam oladi». Buning oqibatida tanada yangidan tozalanish jarayoni kuzatiladi.

Ramazon oyidagi to‘g‘ri ovqatlanish oddiy kundagi ovqatlanishimizdan farq qilmasligi kerak. Yoki judayam oddiy ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Chunki ro‘zaning mohiyatida inson ochlikni his qilib, unga sabr qilishi yotadi.

Saharlik qilish kunning birinchi yarmigacha ishlash va ibodat uchun yetarli energiya manbai hisoblanadi. Kunning ikkinchi yarmida esa organizm tanadagi uglevod va yog‘larning bir qismi parchalanishi xisobiga kuch oladi.

Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra saharda murakkab uglevodlar — qora non, don maxsulotlari, sabzavotlar, oqsil — yog‘siz mol-qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, baliq, tuxum va sut mahsulotlarini muvozanat mutanosibligida iste’mol qilish kerak.

Murakkab uglevodlar va oqsil organizmda uzoq xazm bo‘lish hisobiga tanani bir muncha to‘q tutadi. 8-12 soat davomida energiya manbai hisoblanadi.

Shuni yodda saqlash muhimki haddan ortiq ko‘p yeyish xam organizm uchun zarardir!

Saxarlikka kofe tavsiya etilmaydi. Ko‘k choy damlamasidan bo‘lgan shirchoy ayni muddao.

Iftorda mumkin emas: tez tayyor bo‘luvchi ovqatlardan saqlangan ma’qul.

Bular: Rolton, Big Bon va shunga o‘xshash maxsulotlar, kolbasa va kolbasa mahsulotlari. Yog‘lik xamda qovurilgan ovqatlar.

Iftorlik dasturxoni nafaqat xilma-xil, balki vitaminga boy bo‘lishi kerak.

Iftorlikda tavsiya etiladi: suvni shoshmasdan xo‘plab ichish, mevalar, xurmo iste’mol qilish organizm uchun eng foydali.

Bir oz tanaffus (shom namozi) hamda oqsilga boy maxsulotlar: go‘sht, baliq va tuxum sabzavotlardan tayorlanadigan yengil xazm bo‘ladigan salatlar yoki suyuq ovqatlar. Muhimi, yengil to‘yish hissi bilan dasturxondan turish kerak. Iftor vaqtidan toki uxlaguncha 2 litrgacha suv, tabiiy tayyorlangan sok yoki shakarsiz kompot, ko‘k choy ichish tavsiya etiladi.

Shirinlik xush ko‘ruvchilar uchun kam miqdorda yoki shirinlik o‘rnini meva bilan almashtirsa bo‘ladi.

Inson o‘z tanasining, nafsining quli emas. Shunday ekan iftorlikka tayorgarlik ko‘rayotgan vaqtdan boshlab o‘zi uchun nimalar yeyishini aniq belgilab olmog‘i kerak. Iftorlikni «ishtaha» bilan emas, balki foydali tarafini anglagan holda qilish kerak. Aks holatda xazm qilish jarayoni buziladi va bundan organizm aziyat chekadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring