QR-kod yasashni bilasizmi?

O‘z QR-kodingizni qanday yasashni bilasizmi? Buning uchun mutlaqo bepul va ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydigan «QR Code Generator»dan foydalanishingiz mumkin.
Servis sizga 5 ta tayyor shablonni taklif etadi:
- Oddiy matn.
- URL-havola.
- Aloqa uchun manzil (ism,email, shahar, pochta indeksi va boshqalar).
- Telefon raqami.
- Xabar shabloni.
Sayt QR-kod o‘lchamlarini olish, tashqi chiziqlarni olib tashlash yoki qo‘shish, faylni o‘zingiz istagan formatda saqlash imkonini beradi. Foydalanish mumkin bo‘lgan formatlar: PNG, SVG va EPS.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter