Qaysi yoshda kasalliklar odamga ko‘proq «yopishadi»?
Ko‘pchilik eng xavfli yosh keksalik deb o‘ylaydi: odamda har xil kasalliklar kelib chiqaveradi. Aslida bunday emas. «Rambler» qachon qaysi kasalliklardan saqlanish kerakligini ma’lum qildi.
Aslida yoshga oid jadal o‘zgarishlar 30 — 40 yoshlarda boshlanadi. Aksariyat vaziyatlarda aynan shu davrda surunkali dardlar zo‘rayadi va tananing turli tizimlarida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Jigar xastaliklari
Mazkur a’zo salomatligimizni qo‘llab-quvvatlab turadi. Odamlar yoshlikda ovqatlanishga unchalik ahamiyat bermasligi sabab jigar tez-tez zo‘riqishlarga duch keladi. Mo‘l-ko‘l transyog‘lar va alkogol erta yoshda xavfli kasalliklarga poydevor qo‘yadi.
Qandli diabet
Bu kasallik yoshga qarab o‘tirmaydi. Biroq, statistikaga ko‘ra, birinchi tip diabet ko‘pincha 30 yoshgacha bo‘lgan odamlarda rivojlanadi. Ikkinchi tipi esa 40 yoshdan so‘ng namoyon bo‘ladi. Rivojlangan davlatlarda qandli diabet bilan og‘riyotganlar soni har 15 yilda ikki baravar ko‘payadi.
Gipertoniya
Oxirgi paytlarda 30 yoshdan sal oshgan odamlar orasida gipertoniyadan qiynalayotganlar soni ko‘paygan. So‘nggi 10 yilda yuqori qon bosimidan aziyat chekayotganlar soni 2-3 baravar oshdi. Yurak xuruji erkaklarda 30 — 35 yoshda avjiga chiqadi. Ayollarda esa statistika bundan ham qo‘rqinchliroq. Gap shundaki, nozik jins vakillarida yurak kasalliklari hech bir alomatsiz kechadi. Shu bois ulardagi kasalliklarni aniqlab, davolash qiyinroq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter