Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi tish pastalari salomatlik uchun xavfli?

Qaysi tish pastalari salomatlik uchun xavfli?

Foto: Seago

Profilaktika va qarishga qarshi tibbiyot doktori Natalya Zubaryovaning aytishicha, tarkibida triklozan, xlorgeksidin, metronidazol i flyuorid mavjud tish pastalaridan muntazam foydalanish salomatlikka ziyon yetkazishi mumkin.

«Triklozanli tish pastalaridan butkul voz kechish kerak. U dastavval pestitsid bo‘lgan, endi esa ishlab chiqaruvchilar kuniga foydalanishni taklif qilishyapti. Triklozan bevosita antibakterial ta’siridan tashqari, kanserogenlar ham hosil qiladi», — dedi mutaxassis Gazeta.ru bilan suhbatda.

Xlorgeksidin va metronidazolli tish pastalaridan ham kunda foydalanish yaramaydi.

Biroq yuqoridagilar orasida eng xavflisi — flyuorid, u ishlab chiqarishdagi turli chiqindilardan olinadi. Neyrotoksin hisoblandi. Masalan, bunday pastaning bitta tyubigi yosh bola uchun zaharli dozaga aylanishi mumkin, deya ta’kidladi Zubaryova.

Shuningdek, tarkibida YFM (yuza-faol moddalar), SLS (natriy laurilsulfat), parabenlar, propilenglikol, shirin ta’m beruvchilar va bo‘yoq moddalar bor pastalardan ham muntazam foydalanmaslik kerak. Tish pastasining asosiy vazifasi ta’m va go‘zallik emas, balki tozalashdir, dedi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring