Qaysi mahsulotlarni muzlatib bo‘lmaydi?

Muzxona — ko‘pchilikning xaloskori. Undan mahsulotlarni aynitib qo‘ymaslik uchun foydalanamiz. Biroq, «Stern»ning yozishicha, ayrim yeguliklarni muzlatish mumkin emas ekan. Xo‘sh, ular qaysilar?
Go‘sht
Go‘shtni qaytadan muzlatish man etiladi. Birinchi marta muzlatilganda unda bakteriya va mikroblar paydo bo‘lishi mumkin. Yeb tugatish va qayta muzlatmaslikka amin bo‘lsangizgina, go‘shtni eriting.
Pasta
Tayyor pastani zinhor qayla bilan birga muzlata ko‘rmang. Aks holda erigach yumshab, bir xil massaga aylanadi. Yaxshisi, qaylani alohida muzlating.
Kartoshka
Kartoshka fri va boshqa qovurilgan taomlarni muzlatib bo‘lmaydi. Chunki keyin yumshoq va shaklsiz bo‘lib qoladi.
Gazlangan ichimlik
Gazlangan ichimliklarni muzlatish ham man etiladi. Chunki ular tarkibidagi karbonat angidrid gazi muzlaganda kengayadi. Natijada idish yorilib ketishi hech gap emas.
Sut va pishloq
Muzlatilganda sut konsistensiyasi o‘zgaradi va yormalar paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra pishloqni ham muzlatish taqiqlanadi – u ham konsistensiyasini o‘zgartiradi.
Tuxum
Chaqilgan tuxumni muzlatsa bo‘ladi. Faqat qaynatilgan yoki xomini tuxum po‘chog‘ida muzlatish mumkin emas. Oqsilli qaylalarni ham muzlatmagan ma’qul – ularning konsistensiyasi o‘zgaradi.
Tarvuz, bodring, olma
Tarkibida ko‘p miqdorda suvi bor mahsulotlarni muzlatish yaramaydi. Kartoshka, tarvuz, bodring, olma shular jumlasidan. Erigach, bemaza bo‘lib qoladi.
Ko‘kat
Ko‘katni muzlatsa bo‘ladi, faqat buni to‘g‘ri amalga oshirish kerak. Yaxshisi, uni muz qoliplariga soling. Agar bog‘langan ko‘rinishdagi ko‘katni muzlatsangiz, keyin uni ishlatishga qiynalasiz. Ustiga-ustak, erigach konsistensiyasi o‘zgaradi, bo‘tqaga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter