Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qalampir qaysi kasalliklarning oldini oladi?

Qalampir qaysi kasalliklarning oldini oladi?

Foto: «Chebo.biz»

Italiyada «Neuromed» nevrologiya instituti olimlari muntazam qalampir iste’mol qilish yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumish xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Bu haqda «EurekAlert» press-relizida ma’lum qilingan.

Tajribada qariyb 23 ming kishi ishtirok etgan bo‘lib, ularning salomatligi sakkiz yil davomida nazorat qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga kamida to‘rt marta qizil qalampir iste’mol qilgan odamlar ushbu mahsulotni kam yeydigan yoki umuman yemaydigan odamlarga qaraganda yurak xurujidan 40 foiz, bosh miya kasalliklaridan 50 foiz kamroq vafot etishgan.

— Qizig‘i shundaki, o‘lim xavfi pasayishi bilan taomnoma o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan. Boshqacha aytganda, chili qalampiri odamlarga himoyaviy ta’sir ko‘rsatgan, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, epidemiolog Mariya Laura Bonachio.

Olimlarning ta’kidlashicha, qalampirning organizmga ta’sir qilish mexanizmini aniqlash uchun yana tadqiqotlar o‘tkazilishi darkor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring