Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyoqlar sovishiga faqat qish sababchimas

Oyoqlar sovishiga faqat qish sababchimas

Foto: «Pixabay»

Oyoqlariga hech issiq o‘tmasligidan shikoyat qiluvchilar ko‘plab topiladi. Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, «sovuq oyoqlar» siri faqatgina xonadondagi pechka va batareyalarning yaxshi isimasligi yoki yupqa paypoq «ostida» yashirinmagan.

Diyetolog Helen Bond muammoning sirini ochdi. Aytishicha, oyog‘i sovib ketishidan shikoyat qilib keluvchilar soni karantin davrida ko‘payib qolgan. Bondning fikricha, bu odamlarning odatiy hayot tarzi keskin o‘zgarishib ketishi bilan bog‘liq — kam harakatlanish. Kamiga uy sharoitida odamlar tez-tez va to‘yimliroq ovqatlanishga o‘tishgan, oqibatda qonda xolesterin ko‘payib ketgan.

«Sovuq oyoqlar» simptomi bilan hazillashib bo‘lmaydi: qon ta’minoti buzilib, oyoq-qo‘llarga yaxshi yetib bormay qolishi, periferik arteriyalar kasalliklari, yurak xastaliklari, hatto insultgacha olib kelishi mumkin.

Helen Bond oyoqlar sovishi tez-tez bezovta qiladigan insonlarga shifokor ko‘rigidan o‘tishni qat’iy tavsiya qilgan, shunda, ehtimol, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olgan bo‘lasiz.

Va albatta, tonggi badantarbiyani kanda qilmang. Natijasini esa 30 kundayoq bilasiz, deydi diyetolog.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring