Olimlar qon bosimini tez pasaytirishga yordam beradigan ichimlikni aniqlashdi
Amerikalik olimlar chernika va undan tayyorlangan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish hol-ahvolni yaxshilashini, shuningdek, qon bosimini pasaytirishini isbotlashdi, deb yozadi Daily Express.
Garvard tibbiyot maktabi olimlari tajriba o‘tkazdilar, unda ba’zi ko‘ngillilar bir oy davomida har kuni chernika mevali ichimliklar ichishdi. Tadqiqotning boshqa ishtirokchilariga esa nazorat ichimligi berildi.
Tadqiqot natijasida rezavor ichimligi ahvolni yaxshilashga yordam beradigan vosita ekanligi aniqlandi. Kuniga atigi 200 g rezavor mevalarni iste’mol qilish yelka arteriyalari kengayishiga va sistolik arterial qon bosimining «bir-ikki soatda» o‘rtacha besh millimetr simob ustuniga pasaytirishga yordam beradi. Bunday samara ko‘ngillilarda atigi bir oyda qayd etildi. Buni maxsus dori-darmonlarni qabul qilish natijalari bilan taqqoslash mumkin.
Olimlarning fikriga ko‘ra, chernika – organizmda endoteliy hujayralari faoliyatini yaxshilaydigan antioksidantlar – antotsianinlarga boy. Ular, o‘z navbatida, qon oqimi va arterial qon bosimini tartibga solishga mas’ul. Bu, ayniqsa, gipertenziyaga qarshi kurashda muhimdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter