Olimlar o‘ta xavfli kasallikning oldini oladigan ichimlikni topishdi
Zanjabil choyi kuchli shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lib, bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi, xolesterin darajasini hamda saraton xavfini kamaytiradi.
Ko‘plab tadqiqot natijalari zanjabilning saratonga qarshi xususiyatlari haqida dalolat beradi, deb yozadi «Express» nashri.
Zanjabilning afzalliklari o‘simlik ildizi tarkibidagi gingerol moddasi bilan izohlanadi. Mutaxassislarning fikricha, ko‘k choy bilan qo‘shilganda zanjabilning foydasi ikki baravar ortadi.
Tadqiqotda 30 kishi ishtirok etgan. Ular kuniga ikki grammdan zanjabil ekstraktini qabul qilishgan. Natijada ichak saratoni xavfi kamayishi qayd etildi. Bundan tashqari, zanjabil tarkibidagi salitsilat yuqori qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi.
O‘simlik og‘riq qoldiruvchi tabiiy vosita sifatida ishlatilishi mumkin. U, shuningdek, immunitetni ham mustahkamlaydi. Bu, o‘z navbatida, organizmga turli kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradi.
Olimlar zanjabil choyini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish jig‘ildon qaynashi va ich ketishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter