Olimlar niqobdan qayta-qayta foydalanishning zararini isbotlashdi
Massachusetsning Lovell universiteti va Kaliforniyaning Baptist universiteti tadqiqotchilari pandemiya paytida ishlatilgan tibbiy niqobni taqish uni taqmagandan ko‘ra xavfliroq ekanligini aniqlashdi. Bu haqda «Physics of Fluids» jurnalida chop etilgan maqolada aytib o‘tilgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, niqob yuz atrofidagi havo oqimiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa odamni zarralardan ko‘proq nafas olishga majbur qiladi. Shu bois ishlatilgan niqob mayda tomchilarni samarali filtrlay olmaydi. Ba’zilar yo‘qdan ko‘ra har qanday niqob yaxshi deb hisoblashadi. Ammo ishlatilgan himoya vositalari 2,5 mikrometrdan kichik zarralarga qarshi kurasha olmaydi.
Mutaxassislarning xulosasi uch qavatli jarrohlar niqobini taqqan odamning kompyuter modeliga asoslangan. Simulyasiya natijasida havodagi mayda tomchilar yuz, yuqori nafas yo‘llari, tomoq yoki o‘pkaga qanday tushganligini ko‘rsatib berdi. Aniqlanishicha, ishlatilgan niqob havo oqimi tezligini sezilarli darajada pasaytirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter