Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: COVID-19 bemorlarining 80 foizida D vitamini yetishmaydi

Olimlar: COVID-19 bemorlarining 80 foizida D vitamini yetishmaydi

Foto: «Kirovskiy.greengorillaz.ru»

Ispaniyalik shifokorlar epidemiyaning birinchi to‘lqini davrida Satander (Ispaniya) shifoxonalaridan biriga COVID-19ning og‘ir yoki yengil shakli bilan yotqizilgan  bemorlarning 80 foizi organizmida D vitamini yetishmovchiligidan qiynalishganini aniqlashdi. Bu haqda AQSh Endokrin jamiyati (Endocrine society) matbuot xizmati xabar berdi.

«Biz D vitamini yetishmovchiligini nazorat qilib, ularning o‘rnini to‘ldirib borishimiz kerak. Bu, ayniqsa, COVID-19 oldida ojiz bo‘lgan keksalar va surunkali bemorlar uchun muhim. Shuningdek, D vitaminidan iborat ozuqaviy qo‘shimchalar koronavirusga chalingan bemorlarga ham tavsiya etiladi. Chunki bu ularning immuniteti, mushak va suyaklariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», — dedi Satanderdagi Kantabriya universiteti professori Xose Ernandes.

Professor Ernandes va uning hamkasblari joriy yil bahorda va yoz faslining boshlarida Kantabriya universiteti klinikasiga yotqizilgan 216 nafar bemorning ahvolini o‘rganishib, odam organizmida D vitamini yetishmovchiligi koronavirus alomatlarini chuqurlashtirishi mumkinligini yana bir bor isbotlashdi.

Tadqiqotda COVID-19ning yengil shakli hamda reanimatsiyaga tushib qolgan va o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatiga ulangan bemorlar ishtirok etishgan. Ikkala vaziyatda ham, ispaniyalik shifokorlarning tekshiruv natijalariga ko‘ra, klinikaning 80 foizdan ortiq bemorlari organizmida D vitamini darajasi kamligi aniqlangan.

Vitamin konsentratsiyasi erkaklarda nisbatan kam uchragan. Bu ularning koronavirusga ko‘proq chalinishi va infeksiyaning og‘irroq shakllarida o‘limga olib kelish sababini izohlaydi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, D vitamini molekulalari koronavirusga chalinganda odam hayotiga asosiy xavf soladigan yurak-qon tomirlari va tanadagi boshqa muhim a’zolardagi yallig‘lanishni bosishga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring