Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Banan o‘ta universal yegulik: kaliy moddasiga boy — yurak faoliyati uchun juda kerakli, tarkibidagi B6 vitamini esa asab tizimini mustahkamlaydi. Ham foydali, ham to‘yimli ekani uchun ko‘plar bananni nonushtada yeyishni yaxshi ko‘radi. Ammo diyetologlar bunga qarshi, deb yozmoqda «Focus» nashri. Nega?
Chunki tong sahardan banan yeyish inson salomatligiga jiddiy putur yetkazishi hech gap emas.
To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha o‘z konsepsiyasini ishlab chiqqan britaniyalik dietolog Depil Jioffpe nega nonushtada yeyilgan banan sog‘liq uchun zararli ekanini «Burdie» nashriga so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, inson organizmi yog‘larsiz banan tarkibidagi oziq moddalarini o‘ziga tortib ololmaydi. Och qoringa banan yeyilgach qondagi qand miqdori ko‘payib ketadi. Och qoringa yeyilgan banan organizmdagi kaliy-magniy muvozanatini buzishi mumkin, oqibatda inson kun bo‘yi o‘zini lanj his qiladi.
To‘g‘ri, banan yaxshigina quvvat manbai, faqat juda oz vaqtga. Uning iste’molidan so‘ng to‘yish hissi ortidan charchoq va ochlik hislari izma-iz keladi. Bu meva tarkibining to‘rtdan bir qismi qanddan iborat, shuning uchun ham banan yeyilganda organizmdagi glyukoza miqdori tez oshib, tez pasayadi. Natijada inson juda tez ochqaydi.
Ammo yaxshi istisno bor: agar nonushta payti yogurt yoki bodom ham iste’mol qilinsa, organizm kerakli yog‘larni olgani uchun, bananning zarari bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter