Sog‘lom bo‘lish va uzoq umr ko‘rishning 5 ta sharti
Shifokorlar sog‘likni saqlash va uzoq umr ko‘rishning beshta omilini aytishdi. Bularga chekishni tashlash, tuz va ortiqcha alkogoldan voz kechish, shuningdek, meva-sabzavotlarni iste’mol qilish va piyoda yurish kiradi. Bu haqda III Yevrosiyo ayollar forumida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi terapiya va profilaktik Milliy tibbiy tadqiqot markazi direktori Oksana Drapkina aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.
Drapkinaning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar sog‘lom turmush tarziga rioya qilish indeksini joriy etishdi. Ushbu qoidalarga amal qilganlarning o‘lim darajasi 36% ga pasaygan. Ayollar salomatligi haqida gapirar ekan, u rossiyalik ayollar xamir ovqatlarni ko‘p, baliq, meva-sabzavotlarni kam iste’mol qilishini ta’kidladi. Ko‘pincha ular yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar tufayli vafot etishadi.
«Uzoq umr ko‘rishning qo‘plab omillaridan beshtasi ajratib ko‘rsatilgan. Birinchisi — chekmaslik. Ikkinchisi — piyoda yurish. Uchinchisi — taomga ortiqcha tuz sepmaslik. To‘rtinchisi — meva-sabzavotlarni yeyish. Va, nihoyat, beshinchisi — spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilmaslik», — dedi Drapkina.
Bundan tashqari, uzoq umr ko‘rishga, jumladan, daromad va ta’lim darajasi, arterial qon bosimi va semizlik darajasi hamda tibbiy laboratoriya ko‘rsatkichlari ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter