Mutaxassislar tishlarni qoraytiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi
Tish rangiga, ayniqsa, tarkibida aminokislotalar va pigmentlar bo‘lgan mahsulotlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Stomatologlarning fikriga ko‘ra, chernika, qora smorodina, marinadlangan lavlagi, gilos va olcha sharbati, qizil sharob, shuningdek, rang-barang gazlangan ichimliklar, qayla va ziravorlar tish rangini o‘zgartiradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, doimo choy va qahva ichish ham tish rangiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ustiga-ustak, choy tishlarni yanada ko‘proq qoraytiradi. Bunday ichimliklarni har safar iste’mol qilgandan so‘ng og‘izni chayish yoki maxsus tish ko‘pigini surtish kifoya. Faqat har kuni ertalab tishlarni yaxshilab yuvish zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter