Mutaxassis nega oq nonga qaraganda qorasi zararliroq ekanini tushuntirdi
Ko‘pchilik qora non oqidan ko‘ra foydaliroq va diabetdan qiynalganlar uni xohlagancha yeyishi mumkin deb hisoblaydi. Shifokor-gastroenterolog Aleksey Paramonovning so‘zlariga ko‘ra, bu noto‘g‘ri.
Masalan, oq va qora non tarkibiga ko‘ra bir-biridan deyarli farq qilmaydi: uglevodlar miqdori, umumiy kaloriyasi va hokazo. Bundan tashqari, qora non tarkibida uglevodlar javdar uni hisobiga bo‘ladi. Natijada bunday mahsulot nordonroq bo‘lishi tabiiy.
Shu bois mahsulotning bunday xususiyati me’da shirasi kislotaliligidan qiynalayotgan odamlarga ta’sir qiladi, deb yozadi «AiF». Qora non yeyish tufayli odamda kasalliklar zo‘rayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter