Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis hali koronavirusga chalinmaganlarga muhim tavsiyalar berdi

Mutaxassis hali koronavirusga chalinmaganlarga muhim tavsiyalar berdi

Foto: «Signal2forex.com»

Xususiy amaliyot shifokori, immunolog Vladimir Bolibok COVID-19ga chalinmaganlarning immuniteti pandemiyani yengishga yordam beradimi-yo‘qligini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan yoki emlanganlar soni doimiy ravishda o‘sib boradi va shu bilan insoniyatda immunitet hosil bo‘ladi. Ammo hali koronavirus bilan kasallanmagan va emlashni istamaganlar tanadagi immunitet ularni qutqaradi deb umid qilmasliklari kerak, deydi allergolog-immunolog Vladimir Bolibok.

Agar odamda immunitet bo‘lmasa va u insonlar bilan aloqaga kirsa, kasal bo‘lib qolish xavfi mavjud. Va uning dastlabki holatiga qarab, yengil shaklda yoki koronavirus infeksiyasi bilan juda og‘ir shaklda kasal bo‘lishi mumkin.

«Jamoaviy immunitet ishlab chiqilgunga qadar katta tadbirlarni tashkil qilishda shoshmaslik kerak», — deydi mutaxassis «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring