Mutaxassis COVID-19dan so‘ng tiklanishga yordam beradigan mahsulotni ma’lum qildi
Diyetolog Andrey Knyazkov COVID-19dan so‘ng tiklanish uchun eng foydali mahsulotni ma’lum qildi. U «Sankt-Peterburg» telekanali efirida o‘z maslahatlarini berdi.
Mutaxassis koronavirus bilan kasallangan odamlar taomnomasiga qalampir, ayniqsa, bulg‘ori qalampirini kiritishni maslahat berdi. Diyetologning ta’kidlashicha, faqat na’matak tarkibida S vitamini ko‘pligi bo‘yicha bulg‘or qalampiriga bas kelishi mumkin.
Knyazkovning so‘zlariga ko‘ra, qalampirning barcha turlarida foydali moddalar — alkaloidlar mavjud. Shu bois har qanday qalampir kasallikdan so‘ng tiklanishga yordam beradi.
Murch tarkibida piperin bo‘lib, u immun tizim faoliyatini yaxshilaydi.
Rossiyalik shifokor-fitoterapevt, biologiya fanlari nomzodi Mixail Lushik ham qalampir koronavirusdan so‘ng tiklanishga yordam berishi mumkinligini aytgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qalampir qon aylanishini kuchaytiradi, qizdiradi va zararli mahsulotlarni yuvib chiqarishga yordam beradi.
Yanvar oyida terapevt va diyetolog Yekaterina Burlyayeva koronavirusdan qiynalayotgan bemorlar iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tgandi. Uning fikricha, pandemiya paytida tuz va qand, shuningdek, to‘yingan va trans yog‘lar iste’molini cheklash kerak. Bundan tashqari, non-bulka, un mahsulotlari, sharbat va gazlangan ichimliklar miqdorini kamaytirish zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter