Ko‘rinishidan 25 ga ham kirmagan deysiz: 53 yoshli yigit «abadiy yoshlik» sirini ma’lum qildi (foto)
Niderlandiya fuqarosi o‘zining haqiqiy yoshidan 20 yilga kichikroq ko‘rinishi sirini so‘zlab berdi, deb yozadi «Unilad» nashri.
Edson Brandao plastik jarrohlikdan umuman foydalanmagan. O‘zining «abadiy yoshlik» sirini to‘g‘ri ovqatlanish, terini parvarishlash va ijobiy fikrlash bilan izohladi.
«53 ga to‘lganimni bilganlar hayron qolishadi, — dedi u. — Ularning bari meni 25 yoshda deb o‘ylashadi».
Edson har kuni mashg‘ulot zaliga qatnaydi, qand, konservalangan va qovurilgan taomlarni iste’mol qilmaydi, chekmaydi, giyohvand moddalarni ham qabul qilmaydi.
«Hozir o‘zimni 30 yoshda bo‘lgan paytlarimdan yomon his qilmayapman, — deya ta’kidlaydi u. — Men avvalgidek kuch-quvvatga to‘laman. To‘g‘risini aytganda, o‘zimni hech qachon bunchalik yaxshi his qilmaganman».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter