Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p olma yeyishning odam organizmiga qanday zarari bor?

Ko‘p olma yeyishning odam organizmiga qanday zarari bor?

Foto: «Medaboutme.ru»

Ko‘p miqdorda olma iste’mol qilish kislotaliligi yuqori bo‘lgan odamlarda noxushlik hissini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda rossiyalik diyetolog Yelena Solomatina RT bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, och qoringa nordon olma iste’mol qilinsa, noxushlik yana-da zo‘rayishi hech gap emas. Buning sababi shundaki, yangi olma metabolizmni tezlashtiruvchi kislotalarga boy.

«Oshqozon-ichak yo‘li shikastlanganlar olmani ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak. Ba’zi kishilarga esa umuman taqiqlanadi yoki faqat pishirilgan holda yeyishga ruxsat beriladi», — deydi mutaxassis.

Diyetologning aytishicha, diabetdan qiynalayotgan (qondagi glyukoza darajasi yuqori) bemorlar juda shirin olmani iste’mol qilmaganlari ma’qul, chunki ular tarkibida saxaroza bor.

Shu bilan birga, Solomatinaning ta’kidlashicha, olma kam kaloriyali va foydali mahsulot bo‘lib, tarkibida ortiqcha xolesterin va endotoksinni chiqarib yuboradigan kletchatka va vitaminlar bisyor.

Bundan tashqari, ko‘p miqdorda vitaminlar, mikro va makroelementlarni saqlab qolish uchun ularni muzlatib qo‘yish mumkin. Ularga ishlov berishning yana bir yaxshi usuli quritish hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring