Kimlarga qahva ichish tavsiya etilmaydi?
Rossiyalik nutritsiolog Mariya Rozanova qahva ichish tavsiya etilmaydigan odamlar toifasini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini «Moskva 24» keltiradi.
Mutaxassis aytganidek, qahva davolovchi parhez sifatida diabet, oshqozon-ichak kasalliklari, qon bosimi, shuningdek, teri muammosidan qiynalayotgan kishilarga tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, Mariya Rozanova mashhur ichimlik vazn ortishiga olib kelishi mumkinligini aytdi.
Shu bilan birga, latte, makiato va kapuchino iste’mol qilish, ayniqsa, zararli hisoblanadi.
Nutritsiolog qahvaga quruq qaymoq, quruq sut va shakar qo‘shilishiga qat’iy qarshi. Bu bijg‘ish jarayoniga sabab bo‘ladi va foydali ichak mikroflorasini nobud qiladi. Natijada immunitet zaiflashib, yangi viruslarga qarshi kurashishga tayyor bo‘lmay qoladi.
Agar qahvasiz tura olmasangiz, Mariya Rozanova qo‘shimchalarsiz oddiy qahva ichishni maslahat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter