IT-maslahat. Ko‘p ishlatiladigan dasturlarga klavishlar birikmasini o‘rnatish usuli
Klaviaturadagi «qaynoq klavishalar» kompyuterdan foydalanishimizda qo‘shimcha qulaylik yaratishi hech kimga sir emas.
Biz ko‘p foydalanadigan dasturlar uchun ham ushbu klavishlar birikmasini o‘rnatib, foydalanishimiz mumkin. «IT-specialist» kanali bu safar shu mavzuni yoritishni joiz deb topdi.
Biz buni «Ishchi stoli» (Rabochiy stol) dagi yorliq (yarlik)lar:
yoki «Pusk» tugmasini bosganimizda yuzaga keladiga «Bosh menyu» (Glavnoye menyu)da «Vse programmi» bo‘limidagi o‘rnatilgan dasturlar yoqliq (yarlik)lari ustida amalga oshirishimiz mumkin:
Yorliq (yarlik) ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz, yuzaga keladigan kontekst menyusidan «Svoystva» (Properties)ni tanlaymiz:
Ochilgan «Svoystva: Word 2016» dialog oynasida biz uchun kerak bo‘lgan «Yarlik» bo‘limidagi «Bistriy vizov:»ga e’tiborimizni qaratamiz:
Sichqonchaning chap tugmasini «Net» deb yozilgan matn maydoni ustida bosamiz. Backspace klavishi orqali «Net» so‘zini o‘chirishga urinmang, bu samara bermaydi. Klaviaturada ushbu dasturni bizga eslatib turuvchi harf yoki son ustiga bosamiz, shunda kiritgan harf yoki sonimizga qo‘shimcha tarzda CTRL+ALT klavishlar birikmasi qo‘shiladi. Bizning holatimizda «Word» dasturi bo‘lganligi uchun «W» harfini tanladik:
Shundan so‘ng «OK» tugmasini bosib, kiritgan o‘zgartirishimizni saqlaymiz. Endi ushbu klavishlar birikmasidan xohlagan paytimizda har qanday dastur ekranda aktiv bo‘lib turgan paytda ham foydalanishimiz mumkin. Bu e’tibor bergan bo‘lsangiz juda qulay.
«Ishchi stoli»dan yorliq (yarlik)ni o‘chirgan paytimizda afsuski o‘rnatilgan klavishlar birikmasi ham o‘chib ketadi. Shuning uchun buni «Bosh menyu» (Glavnoye menyu)dagi yorliq (yarlik)lar ustida amalga oshirishni tavsiya etamiz.
Agar «W» harfi bilan boshlanadigan boshqa dasturimiz bo‘lsa u holda CTRL+SHIFT+W klavishlarini birgalikda bosib, o‘rnatishimiz mumkin. Bundan tashqari yuqorida aytib o‘tganimizdek CapsLock bo‘limidagi sonlardan (NumLock bo‘limidagi sonlar emas) foydalanishingiz mumkin.
Diqqat! Klavishlar birikmasini o‘rnatgan paytimizda boshqa foydalanadigan dasturlarimizdagi klavishlar birikmasiga halaqit bermasligiga ahamiyat berishimiz lozim. Masalan, CTRL+SHIFT+C klavishlar birikmasi «Photoshop» dasturida «Soxranit kak…» funksiyasi uchun javob beradi, demak, masalan: «S» harfi bilan boshlanadigan dastur uchun ushbu klavishlar birikmasini o‘rnatmaganimiz ma’qul.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter