Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farzandingizni erta yurishga majburlamang

Farzandingizni erta yurishga majburlamang

Foto: «Proaist.ru»

Ko‘p odamlar uchun tizza va oyoqdagi muammolar — qarilik belgisi. Ammo tizza bo‘g‘imining deformatsiyasi, artrit bolalik davrida ham o‘zini namoyon qiladi.

Tizza egriligi nima?

Egri tizzalar eng keng tarqalgan ortopedik kasalliklardan biridir. Buning oqibatida, yurish o‘zgaradi va doimiy tizza og‘rig‘i, yurganda noqulaylik va charchoq yuzaga keladi.

Tizza deformatsiyalanganida, u ichkariga yoki tashqariga siljiydi, bu esa oyoq suyaklarining tayanch burchagi va egriligining o‘zgarishiga olib keladi. Shifokorlar deformatsiyaning ikki turini ajratib ko‘rsatadilar:

  1. Tizzalar ichkariga burilgan, oyoq silueti X harfiga o‘xshaydi;
  2. Tizzalar tashqariga qarab harakatlanadi, oyoqlari O harfiga o‘xshaydi.

Kasallik hayotning turli bosqichlarida rivojlanishi mumkin: tug‘ilishdan oldin, bolalik davrida va kattalarda. Tug‘ma anomaliya, agar homiladorlik paytida ona endokrin tizim bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan bo‘lsa rivojlanadi.

Agar bola sog‘lom tug‘ilsa, u holda quyidagi holatlarda bo‘g‘im deformatsiyasi rivojlanishi mumkin:

- kalsiy va D vitamini yetishmasligi;

- tana vaznining og‘irligi;

- surunkali yoki tug‘ma kasalliklar oqibatida;

- juda erta yurishni o‘rgatishga harakat qilganda.

Oziq moddalar yetishmasligi tufayli suyaklar yumshoq va mo‘rt bo‘ladi. Agar bola o‘z vaznini ko‘tarishga hali moslashmagan oyoqlarda erta tursa, unda bo‘g‘inlar egilib qoladi.

Deformatsiyani davolash uchun massaj, ortopedik poyabzaldan foydalanish, yengil fizioterapiya va ovqatlanish tartibini o‘zgarish zarur. Jiddiy bosqichda esa egrilik jarrohlik yo‘li bilan davolanadi.

Kasallikdan iloji boricha ertaroq xalos bo‘lish kerak, chunki oyoqlarning egriligi skolioz, umurtqa egriligi, tizza va beldagi kuchli og‘riq, yurish paytida charchoq kabi jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Tizza egriligining oldini olish

Birinchi profilaktika ona tomonidan amalga oshirilishi kerak. Homiladorlik vaqtida u ovqatlanish tartibi va dori-darmonlarni qabul qilishga jiddiy e’tibor berishi kerak. Zaharli moddalarning homilaga ta’sir o‘tkazishidan saqlanish lozim.

Dastlabki yillarda bola yetarli miqdordagi kalsiy va D vitamini qabul qilishi, muntazam ravishda toza havoda sayr qilishi kerak. Siz uning harakatlarini cheklamasligingiz yoki aksincha, uni o‘zi bajarishga tayyor bo‘lishidan oldin oyoqlariga qo‘yishga urinmasligingiz kerak.

M.Mirzaliyeva

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring