Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farzandingiz injiq bo‘lsa, ko‘ndirishning oltin qoidasi bor (foto)

Farzandingiz injiq bo‘lsa, ko‘ndirishning oltin qoidasi bor (foto)

Har bir bola alohida e’tibor talab qiladi. Shunday oltin qoidalar borki, ular dunyodagi eng gapga kirmas, injiq bolalar qalbiga ham yo‘l topishga yordam beradi. Pol Reyburn va Kevin Sollmanning «Ota-onalar uchun o‘yin nazariyasi» asarida mana shu oltin qoidalar haqida so‘z boradi.

«AdMe.ru» ularning ayrimlarini jamlab, o‘quvchilar e’tiboriga havola qildi.

Bola onasi bilan birga yurishni istamaganda

A) Yo‘lakdan o‘tayotganda albatta mening qo‘limdan ushlab olishing shart.

B) Kel, sen meni yo‘ldan o‘tkazib qo‘yaqol.

Yo‘lni kesib o‘tayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ya’ni bolaning qo‘lidan tutish shart. Ammo u buni xohlamasa-chi? «Aldagani bola yaxshi» deyishadi-ku, uni aldang. «Kel, meni o‘zing yo‘ldan o‘tkazib qo‘y» deng. Shunda u kattasinib qo‘lingizdan tutadi.

Bola qilgan ishi uchun jazolanishni istamaganda

A) Sen jazolanding, burchakda turasan.

B) O‘zing tanla: burchakda turish yoki shaxsiy jamg‘armangdan jarima to‘lash.

Farzandingiz noto‘g‘ri ish qildi. Ammo u burchakda turishni ham, jazolanishni ham istamayapti. Bunday holatda siz u bilan sud o‘yinini o‘ynang. Unga har qanday qilg‘ilik uchun javobgarlik borligini tushuntiring. Unga burchakda turish yoki sevimli jamg‘armasidan jarima to‘lash imkoniyati borligini uqtiring.

Bolangiz sho‘rva emas, shirinlik yeyishni istaganda...

A) Men sho‘rva ichishni istamayman. Unda shirinlik ham yemaysan.

B) Agar sho‘rvani oxirigacha ichib qo‘ysang, o‘zing xohlagan shirinlik bilan siylanishing mumkin.

Farzandingiz nonushta yeyishni istamasa

A) Bo‘tqani oxirigacha yeb qo‘y.

B) Kel, likopchada necha qoshiq bo‘tqa qolganini sanab ko‘ramiz.

Agar bolangiz bo‘tqa yeyishni istamasa, o‘zingiz birga yeyishga harakat qiling. Masalan, likopchada qancha bo‘tqa qolganini sanaganda, o‘yin natijasida uning qolgan qismi yeyilganligi bilinmay qoladi.

Farzandingiz kiyinishni xohlamaganda...

A) Hoziroq kiyimlaringni kiy, bo‘lmasa kechikamiz.

B) Kel, ko‘zingni yumib ham kiyina olasanmi, shuni tekshiramiz.

Har qanday tortishuvdan qochish uchun turli o‘yinlardan foydalaning. Bolalar o‘yinni xush ko‘radi. Shunda siz ham ortiqcha asabiylashmaysiz va farzandingiz bilan o‘rtangizdagi ortiqcha ziddiyatlarning oldini olgan bo‘lasiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring