Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetolog okroshkaning zararidan ogohlantirdi

Diyetolog okroshkaning zararidan ogohlantirdi

Foto: «Donatewales.org»

Okroshka oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotgan odamlarga taqiqlanadi. Bu haqda rossiyalik shifokor-diyetolog Yelena Solomatina «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.

«Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotgan odamlar bor, ularga bunday [табиий] kvas, shuningdek, okroshka tavsiya etilmaydi, chunki ko‘kat ko‘p. Albatta, har qanday holatda ham ular okroshkadan, hatto, eng yaxshi va eng tabiiy bo‘lganda ham, voz kechishlariga to‘g‘ri keladi», — dedi Solomatina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taom tayyorlash uchun tarkibida qand miqdori yuqori bo‘lgan kvasni ishlatmagan ma’qul. Shuningdek, kefirdan foydalanish ichak peristaltikasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Diyetologning aytishicha, taomga kolbasa qo‘shmaslik kerak — okroshka ko‘katlar qo‘shib tayyorlansa, yanada foydali bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring