Diyetolog eng zararli nonushtani ma’lum qildi
Amerikalik diyetolog Laura Burak organizm uchun eng zararli va qad-qomat uchun xavfli nonushtani ma’lum qildi. Bu haqda Eat This, Not That nashri xabar bermoqda.
Burakning so‘zlariga ko‘ra, tarkibida qand ko‘p bo‘lgan nonushta eng yomoni hisoblanadi. Ponchik, blinchik va keks shular jumlasidan.
Uning fikricha, qand ko‘rinishidagi «bo‘sh kaloriyalar»ni iste’mol qilish qonda xolesterin miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, shirin nonushtada organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil va to‘qimalar bo‘lmaydi. Shu bois to‘qlik hissi juda tez o‘tib ketadi.
Shifokor nonushtaga shirin pishiriqlar o‘rniga suli bo‘tqasini iste’mol qilishni va unga oqsil qo‘shishni taklif qiladi. Shuningdek, u avokado, qaynatilgan tuxum va qora nonni foydali mahsulotlar sirasiga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter