Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chekishning ekologiyaga jiddiy zarari aniqlandi

Chekishning ekologiyaga jiddiy zarari aniqlandi

Foto: «RIA Novosti»

Angliyaning «Angliyani toza saqlaymiz!» ekologik tadqiqot tashkiloti chekish ekologiyaga jiddiy xavf solishini ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, aksariyat chekuvchilar sigareta qoldiqlarini yomg‘ir kanalizatsiyalariga (shaharlarda yomg‘ir suvlarining yer ostiga tushib ketishini ta’minlovchi kanalizatsiyalar) tashlashar ekan. Sigaretning filtri tarkibida plastmassa bor. U filtrlash va tozalash tizimidan o‘tib, okeanga tushishi mumkin.

Nashrning yozishicha, bir litr suvga bir dona sigareta qoldig‘idan to‘g‘ri kelsa, uning tarkibidagi zahar baliqlarga jiddiy xavf tug‘diradi.

Tadqiqotda o‘tgan oy 3,6 million angliyalik kashanda sigareta qoldiqlarini yomg‘ir kanalizatsiyasiga uloqtirganini tan olgan.

«Biz chekuvchilar bu xatti-harakatlari bilan yovvoyi tabiatga jiddiy xavf tug‘dirayotganlarini anglab yetishlariga ishonch hosil qilishimiz kerak», – deydi tashkilot rahbari Ellison Ogden-Nyuton.

Avval olimlar chekish rakni keltirib chiqarishi, ayni paytda nafas yo‘llarini ham ishdan chiqarib, astmaga giriftor qilishi, immunitetni susaytirishini ham ma’lum qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring