Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bular pul sarflashga arzimaydi

Bular pul sarflashga arzimaydi

Foto: «Cepia»

Ba’zi narsalarni xarajatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlasangiz, nafaqat pulingizni tejaysiz, balki salomatligingizni ham yaxshilab olasiz.

Psixologlar odamlar behuda ko‘p pul ishlatadigan holatlarni ma’lum qilishdi. E’tiboringizga bekorchi xarajatlar ro‘yxatini taqdim etamiz. Mutaxassislar ulardan bosh tortishni maslahat berishadi, deb yozadi «Rambler».

Qahvaxonadagi tamaddi

Qahvaxonadagi tushlik uydagi taom bilan solishtirganda juda qimmat. Agar yegulikni uyda pishirib, ishxonaga konteynerda olib ketsangiz, iqtisod qilgan pulni foydaliroq narsaga ishlatishingiz mumkin.

Taksi

Doim taksida yurish budjetga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Agar pul yig‘ishni istasangiz, yaxshisi, jamoat transportidan foydalaning. To‘g‘ri, bu noqulay, lekin tejamkor variant.

Mavsum bo‘lmaganda mevalar va rezavorlar

Bunday meva va rezavorlar tarkibida foydali elementlar yo‘q. Ustiga-ustak, juda qimmat. Yaxshisi, yozda ularni o‘zingiz muzlatib qo‘ying.

Qahva

Vaqtni o‘tkazish yoki vaziyatni o‘zgartirish uchun ko‘pchilik qahvaxonaga borishga odatlangan. Qarabsizki, bilimsiz ko‘p pul ishlatib qo‘yasiz. Vaholanki, uni uyda yoki idorada ham ichsangiz bo‘ladi. Ancha-muncha pulingizni tejaysiz.

Alkogol

Alkogol odam tanasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, arzon ham turmaydi. Haftasiga 2-3 martalab ichadigan odamlarning moliyaviy ahvoliga esa katta zarar yetkazadi.

Shirinliklar

Shirintomoqlar konfet, pechene, pirojniy va boshqa shirinliklarga juda ko‘p pul sarflashadi. Natijada ham pul sovuriladi, ham qad-qomat hunuklashadi.

O‘yinchoqlar

Farzandingizga tez-tez o‘yinchoq xarid qilib tursangiz, demak, ularning ancha-muncha qimmat ekanidan xabardorsiz. Ko‘pincha bolalar o‘yinchoqlar rastasini aylanib o‘tolmaydi. Shunchaki mashina yoki qo‘g‘irchoqni ushlab ko‘rgisi keladi. Keyin olib bering deb xarxasha qiladi. O‘sha kuni yarim soat o‘ynaydimi-yo‘qmi, ertasiga qayrilib ham qaramasligi mumkin. Har safar bola yig‘lab, do‘konni boshiga ko‘targanda o‘yinchoq sotib olavermang.

Mayda-chuydalar

Bugun do‘konlarda uyga «kerakli» mayda-chuydalar to‘lib-toshib yotibdi. Behuda pul sarflamang. Shunda pulingiz muhimroq xaridlarga tejaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring