Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Achchiq choyning zararini bilasizmi?

Achchiq choyning zararini bilasizmi?

Foto: «ok.ru»

Diyetolog va kardiolog Asiyat Xachirovaning aytishicha, choy nafaqat shifobaxsh, balki zararli xususiyatga ham ega. Mutaxassis bu ichimlikning zararini «Beshinchi kanal»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Xachirova achchiq qilib damlangan choy intoksikatsiyani keltirib chiqarishi, qon bosimi va yurak urish tezligini oshirishidan ogohlantirdi. Bundan tashqari, odamda xavotir va jismoniy faollikni kuchaytiradi, ular keyinchalik ko‘ngil aynishi va qayt qilish, quvvatsizlik va tashvish-depressiv holatni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, o‘tlar yoki rezavorlar ko‘pincha choy barglariga qo‘shiladi.

Choy tarkibida juda ko‘p tein mavjud, shuning uchun uni keksalar va yosh bolalar ichmagani ma’qul. Bu ichimlik surunkali kasalliklari bo‘lmagan boshqa odamlarga tavsiya etiladi.

«Choyni lazzatlanib iching – bu juda foydali. Uning tarkibida polifenol, flavonoidlar bo‘lib, moddalar yallig‘lanishiga qarshi va antioksidant ta’sirga ega», – deya xulosa qildi Xachirova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring