YPX xodimini kaltaklagan shaxs qamoqqa olindi
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 21-may kuni hududiy YHXB 2-mintaqa YPX inspektori To‘rtko‘l tumani Mustaqillik ko‘chasi bo‘yida xizmat olib borayotganida o‘sha yo‘lda harakatlanib kelayotgan Matiz rusumli avtomobilni shubhali bo‘lgani uchun to‘xtatib, haydovchisidan avtomobil boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini so‘ragan.
Haydovchi esa inspektordan nega mashina oldiga chiqib to‘xtatayotanini aytib, uni qo‘llari bilan urib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan va unga tan jarohati yetkazgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik)ning 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter