Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi Orziqul Ergashev og‘ir judolikka uchradi

Yozuvchi Orziqul Ergashev og‘ir judolikka uchradi

Yaqinda «Tanlagan asarlar»i kitob bo‘lib chiqqan, o‘zining 70 yoshini Samarqandning Oqdaryo tumanida nishonlab qaytgan yozuvchi Orziqul Ergashev og‘ir musibatga uchradi. Uning o‘g‘li Erkinjon vafot etdi.

«Hech bir ota bolam demasin ekan, bolasining qabriga tuproq tortmasin ekan. Esiz... 44 yoshida qora tuproqqa berdim bolamni. Ushbu musibat bilan meni yolg‘iz qoldirmagan, yonimda turgan, uzoqdan bo‘lsa-da tasalli-taskin bergan barcha birodarlarimdan, singillarimdan minnatdorman. Omon bo‘lingizlar.  Farzandlaringiz salomat, bag‘ringiz butun bo‘lsin. G‘am ko‘rmanglar», – dedi adib anduh bilan.

Xabar.uz jamoasi adibga va oila a’zolariga hamdardlik bildirib, sabr tilaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring