«Yashil» energiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi – Hukumat qarori
Joriy yil 27-dekbar kuni «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda tarif islohotlarining tizimli amalga oshirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash;
- jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ehtiyot qismlarini, shuningdek, energiya tejovchi zamonaviy romlar va qurilish izolyatsiya materiallarini xarid qilishni yo‘lga qo‘yish;
- tijorat banklari tomonidan «yashil» iste’mol kreditlari ajratilishini keng joriy etish hamda kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismiga kompensatsiyalar ajratishni yanada kengaytirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter