Yangiyo‘lda xotira byustiga qo‘l ko‘targan bolalarning ota-onasi jazoga tortildi
Toshkent viloyatida xotira byustiga qo‘l ko‘tarib, so‘kinib, hurmatsizlik qilgan bolalarning ota-onasi jazolandi. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Viloyat IIBning ma’lumot berishicha, joriy yilning 28 may kuni Yangiyo‘l tumanida 27-maktabning 3 nafar 6-sinf o‘quvchilari tuman markazida joylashgan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi»ga o‘rnatilgan byustlardan birini urib, noo‘rin harakatlar sodir etgan.
Ushbu holat videosini Istagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganlar. Video internet foydalanuvchilari orasida ko‘plab e’tiroz va muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng tuman IIB xodimlari tomonidan o‘quvchilar, ularning ota-onasi, maktab va mahalla mas’ullari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Ushbu holatda shaxslar voyaga yetmaganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan, ularning ota-onalariga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter