Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Toshkentda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etiladi

Yangi Toshkentda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etiladi

Prezident Mirziyoyev bugungi tadbirda poytaxt aholi uchun har tomonlama qulay sharoitga ega, chinakam ekologik shahar bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Shu maqsadda «Toshkentning yashil belbog‘i» loyihasi aynan Yangi Toshkent hududidan boshlanishi ta’kidlandi. Bunda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi. Bugun ushbu bog‘da yaxshi niyatlar bilan 1 ming tup daraxt ekiladi.

Davlat rahbari bu ishlarning davomi sifatida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida bahor faslida har bir mahalla hududida 1 mingtadan daraxt ekishni taklif etdi.

So‘zining yakunida Prezident poytaxt Yangi O‘zbekistonning yuksak taraqqiyot darajasi va salohiyatiga har tomonlama mos bo‘lgan yirik megapolisga, dunyodagi eng go‘zal va jozibador shaharlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring