Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Toshkent shahrida «uch-generatsiya» stansiyasi ishga tushiriladi

Yangi Toshkent shahrida «uch-generatsiya» stansiyasi ishga tushiriladi

Prezidentning 2023-yil 20-iyuldagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-noyabrdagi qarorlariga asosan o‘tgan yilning 18-martida tamal toshi qo‘yilgan Yangi Toshkent shahrida «uch-generatsiya» stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan «Qurilish – Uzbuild-2024» xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi konferensiyada ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitiladi, yozda esa sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.

Shuningdek , suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash hisobiga suv sarfi 2 baravar kamayadi. Oqova suvlar zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, sug‘orish va texnik maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.

Konferensiyada ta’kidlanishicha, «Toshkentning yashil belbog‘i» loyihasi aynan shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda «Markaziy bog‘» barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.

Yangi Toshkent mega loyihasini amalga oshirishda eng zamonaviy ekologik transport tizimidan foydalaniladi. Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi. 

Bunda «yashil va xavfsiz shahar» tamoyili asosida, piyodalar va velosipedlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi. Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunellar hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.

«Aqlli shaharning muhim elementi bu aqlli yo‘llar tushunchasidir. Yangi Toshkent loyihasi konsepsiyaning bir yo‘nalishi sun’iy intellekt yordamida qayta ishlangan avtomobil-yo‘l aloqa tizimini tashkil etish hisoblanadi. Yana bir istiqbolli yo‘nalish – bu yo‘l qoplamasi ostida zaryadlovchi elementlarni joriy etish bo‘lib, bu o‘z navbatida elektr transport vositalarining zichroq taqsimlanishi hisobiga CO2 chiqindilarini sezilarli darajada pasaytiradi, shuningdek, akkumulyatorlarning o‘lchamlarini kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega», – dedi konferensiya ishtirokchisi Huawei kompaniyasining texnik maslahatchisi Ilya Djerya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring